“Bu men va Putinning ishi”. Zelenskiy hududlar masalasini o‘zi hal qilishini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hududlar masalasini faqatgina Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muhokama qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u Vengriyaning “Valasz Online” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hududlar masalasi faqatgina Prezidentlar o‘rtasida hal bo‘ladigan masala. Kiyev delegatsiyasi esa gumanitar masalalarni muhokama qilishi mumkin. Shu sababdan, Ukraina yo‘qotilgan hududlarni Rossiyaning tarkibiga o‘tgan deb tan olishdan bosh tortadi.

“Mening vazifam – hududlar bo‘yicha muzokaralar olib borish. Bu masalada men o‘z pozitsiyamni faqat Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilaman”, degan Zelenskiy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Ukraina muzokaralarida Kiyev delegatsiyasining Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi masalasini muhokama qilish vakolati yo‘q.

Prezident, shuningdek, Ukraina yo‘qotilgan hududlarni diplomatik yo‘l bilan qaytarishga intilishi va buning uchun “yetarli xavfsizlik kafolatlari” olishni rejalashtirganini aytgan. 

Intervyu davomida Zelenskiy yaqin orada o‘t ochishni to‘xtatish mumkinligini aytgan, biroq barqaror tinchlik faqat Putin ustidan “haqiqiy bosim” o‘rnatilgandagina amalga oshishini ta’kidlagan. Xususan, u AQSHni Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazilmasligini bildirgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing