“Bu mag‘lubiyatning tan olinishidir”. Aliyev Qorabog‘ mojarosiga yana bir bor to‘xtaldi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Tog‘li Qorabog‘ masalasida yordam so‘rab yozgan maktubiga to‘xtalar ekan, bu holatni mag‘lubiyatni tan olish, deb atadi.

“Bu maktub – ayni paytda mag‘lubiyatni tan olishdan o‘zga narsa emas. Chunki hech qanday asos bo‘lmasa, Rossiyadan yordam so‘ralmas edi”, dedi Aliyev Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan bo‘lgan uchrashuvda.  

Ozabayjon rahbarining ta’kidlashicha, Armaniston hududida “hech qanday harbiy harakatlar olib borilmayapti” va bunday reja ham mavjud emas.

Aliyevning ma’lum qilishicha, agar Yerevan Tog‘li Qorabog‘ hududidan o‘z harbiylarini olib chiqmas ekan, Boku "oxirigacha boradi”.

Avvalroq, Armaniston Tashqi ishlar vaziri Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan yordam so‘ragani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Bundan tashqari, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan edi.

Tog‘li Qorabog‘ mojarosi

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing