Bu kasallikka qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira mavjud – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

photo_2020-07-14_18-53-28

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishi avvalida bugun mamlakatda epidemiologik vaziyatga yana bir bor alohida to‘xtalib o‘tildi.

“Xabaringiz bor, mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar soni ko‘payib borayotgani munosabati bilan biz karantin talablarini yana kuchaytirishga majbur bo‘ldik.

Nega deganda, ochiq aytish kerak, hozirgi kunda butun dunyo koronavirus deb nom olgan mana shu tilsiz yov, ko‘zga ko‘rinmas dushmanga qarshi urush holatida turibdi.

Urushga kirgan har qaysi davlat, har qaysi xalq o‘z yurtini, o‘z aholisini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi. Eng avvalo, xavf-xatarning yo‘lini berkitadi, temir intizom o‘rnatadi. Qat’iy safarbarlik sharoitida yashash va ishlashga o‘tadi. Bugun biz ham ayni shunday holatdamiz”, deya vaziyatga baho berdi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mamlakatdagi vaziyat muntazam o‘rganib borilayotgani va kerakli choralar ko‘rilayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

“Respublika maxsus komissiyasi tomonidan vaziyat muntazam tahlil qilinib, infeksiyani jilovlash yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu kasallikka qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjud.

Eng muhimi, fidoyi va jasur shifokorlarimiz o‘z burchini sadoqat va matonat bilan bajarmoqda”, deb ta’kidladi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing