“Bu qip-qizil sening aybing!” – Prezident Qo‘chqorovni tanqid qildi
Jamiyat
−
03 avgust 2019
13279O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda Prezident tadbirkorlik uchun ajratilgan pullar o‘z samarasini bermayotgani va bu moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning xatosi ekani ta’kidlandi.
“Agar miqdorini olsak, ikki yarim yilda tadbirkorlik uchun ajratgan pulimiz 30 yilda berilmagan. Buning natijasi iqtisodiyotda, odamlarning kayfiyatida, yalpi ishlab chiqarishda aks etishi kerak. Ajratgan kreditlarimizning 60 foizi hali iqtisodiyotda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsata olgani yo‘q, janob [Moliya vaziri — Jamshid] Qo‘chqorov. Bu qip-qizil sening aybing!”dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda davlat rahbari Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm hokimlarini “snos”lar bo‘yicha jiddiy tanqid qildi.
LiveBarchasi