“Bu qasos olishning qo‘qoncha usuli” – Atamboyevning o‘g‘li
Jamiyat
−
15 avgust 2019
20732Qirg‘izistonning hibsga olingan sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning kichik o‘g‘li o‘tgan hafta otasining tarafdorlari va maxsus topshiriqlar bo‘linmasi o‘rtasidagi to‘qnashuvni rejalashtirilgan tashviqot deb, baholayapti. Qodir Atamboyev bu haqda “Novыye litsa” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Men bu maxsus rejalashtirilgan tashviqot ekaniga ishonaman”, dedi Qodir Atamboyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiya o‘tkazish uchun tanlangan vaqtda Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi uyida odamlar juda ko‘p bo‘lishini hamma biladi.
“Bu qasos olishning qo‘qoncha usuli”, deb fikr bildirgan kichik Atamboyev Hukumat harakatlarini baholab.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni maxsus topshiriqlar bo‘linmasi sobiq Prezidentning Qo‘y-Toshdagi uyiga bostirib kirdi. Ular Atamboyevni guvoh sifatida ko‘rsatma berishdan bosh tortgani uchun qo‘lga olishni rejalashtirgandi. Atamboyev tarafdorlari va maxsus bo‘linmasi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.
arama-qarshilik ikki kun davom etdi. Ikkinchi kuni siyosatchi taslim bo‘ldi. Biroq uning tarafdorlari norozilikni Bishkekda davom ettirdi. Natijada bir askar o‘ldirildi, 136 kishi jarohatlandi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Orozbek Opumboyev sobiq Prezident davlat to‘ntarishi o‘tkazishni niyat qilganini ta’kidladi. Shundan so‘ng, Atamboyevga qotillik, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarish ayblovlari qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘qorg‘i Kenesh bir guruh deputatlarning sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi maxsus qarorini tasdiqladi. Bu qaror Atamboyevni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini berdi. Atamboyevning dahlsizligini bekor qilish uchun asoslarni keltirdi. Dastlab, komissiya a’zolari Atamboyevni qonunni 9 o‘rinda buzganlikda aybladi, yakunda ayblovlar 6 tagacha qisqardi.
Sobiq Prezident Issiq ko‘l viloyatida yer uchastkalarini qayta profillash, Bishkek issiqlik elektr stansiyasi va mamlakat poytaxtidagi Tarix muzeyi rekonstruksiyasida korrupsiyaga qo‘l urganlikda, jinoiy “avtoritet” Aziz Batukayevni jazoni o‘tash joyidan noqonuniy ozod qilish, shuningdek, noqonuniy ravishda poytaxt IESga ko‘mir yetkazib berish va Chuy viloyati Qo‘y-Tosh qishlog‘ida turar-joy qurish uchun yer ajratishda ayblanyapti.
Qirg‘izistonda mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi. Maxsus bo‘linma Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi uyiga bostirib kirdi.
8 avgust kuni sobiq Prezident Almazbek Atamboyev huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingan.
Almazbek Atamboyev Bishkekning Pervomay tumani sudyasi Adilbek Subankulov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga chaqirilib, u yerda zudlik bilan sud majlisi o‘tkazgan.
Sud Atamboyevni 26 avgustgacha hibsga olish haqida qaror chiqargan.
LiveBarchasi