Bu qabrni ta’mirlanganida foyda bor – Qodirov restavratsiya qilingan butxona bo‘yicha tanqidlarga javob berdi

Jamiyat

image

O‘tgan xafta Toshkent muzofotida halok bo‘lgan 25 o‘ris askari sharafiga 1865 yili “Kamolon” mahallada qad ko‘targan butxona to‘liq restavratsiyadan chiqarilgani jamoatchilikda ko‘plab muhokamalarga, aniqroq aytsak nafratga sabab bo‘ldi. Shuning barobarida ijtimoiy tarmoqdagi faol blogerlar tomonidan “Milliy tiklanish” partiyasi ham tanqid qilindi. Masala yuzasidan partiya yetakchisi Alisher Qodirov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

“Tarix – o‘tgan kun. Undan zaiflar qo‘rqadi. O‘tgan kunlardan kutiladigan yagona manfaat – xulosadir. Xulosani o‘qish-o‘rganish bilan qilsa bo‘ladi, lekin eng samarali xulosa uchun ko‘zda ko‘rish, qo‘l bilan ushlash yaxshiroq. Muzeylardan murod shunda!

Bu qabrni tamirlanganligida foyda bor. Bu yerga farzandlaringizni olib boring. Ko‘rsating va eslang! Qachonlardir bizni bosib olishgan va g‘ururimizni, yurtimizni toptashgan. Tartib bilan tizib qo‘yilgan zambaraklarning o‘qini qo‘l bilan ushlab ko‘rishsin. Arzimas chaqaga tayyorlangan qo‘rg‘oshin quymasi va zambaraklarni dushmanlardan karrasiga ko‘proq sotib olish uchun tillasi bo‘la turib belkurak va nayza bilan ximoyalangan ozodlik... Talon bo‘lgan millat va xonavayron bo‘lgan yurt. Ilimsizlik, tadbirsizlik, parokandalik, tanga uchun sotilgan sharafsiz, xiyonatchi “o‘zimiznikilar”... Zaif yurt, zaif boshqaruv, zaif jamiyat.

Bugun xatolarni takrorlamaslik uchun kechani tahlil qilish, xulosalarni to‘g‘ri chiqarish kerak. Olimlarimiz ixtiro qilishsin, talabalarimiz ilim olishsin, tadbirkorlarimiz serharakat bo‘lishsin, davlat xizmatchilari fidoiy va halol bo‘lsinlar. Oilalarimiz mustahkam bo‘lsin, farzandlarimiz sog‘lom va g‘ururli tarbiya ko‘rsinlar. Har birimiz ishimizni masul va maromida bajaraylik.

Shunda biz ham Amir Temurni Oltin O‘rdaga yakun yasab, tarixni yangi o‘zaniga asos solgan maydonlariga borib eslatmalar tikamiz. 

Mamlakat va millatni behuda va befoyda shovqin bilan emas, qaynoq yurak va sovuq tafakkur bilan asrashni o‘rganishimiz kerak!”, deyiladi partiya yetakchisining bayonotida.
 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov

Baholaganlar

399

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing