Bu islohotlarimizga berilgan baho – Prezident Rossiyadan qaytgan ayol bilan suhbati haqida (video)
Jamiyat
−
14:17 948 1 daqiqa
Bugun, 24 suntyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi muloqot chog‘ida kecha bir ayol bilan bo‘lgan suhbatni esladi. Prezidentning aytishicha, hozirda ayol yuqori daromadli ishda ishlaydi va uning bir farzandi bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan.
“Oddiy bir ayol ko‘z yoshi bilan: “Janob Prezident, Rossiyada ishlab yurganman, necha yillardan beri. Ikki nafar farzandim bor, ona bo‘lib o‘zim tarbiyalayapman”, dedi.
Uning ko‘zida nur bor edi. Menga aytgan birinchi gapi – “Bu yerda daromadim ancha yuqori”, degani bo‘ldi”, deydi davlat rahbari.
Prezidentni yana bir jihat xursand qilganini aytib, ayolning ikki farzandidan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirganini ta’kidlagan.
“Men undan: “Besh yil oldin farzandingiz o‘qishga kirishiga ishonarmidingiz?” deb so‘radim. Butun zal “Hech qachon bunday bo‘lmagan”, deb javob berdi.
Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?” deydi Shavkat Mirziyoyev.
Live
Barchasi