Bu g‘alabani faoliyatimdagi eng yorqin g‘alabalarimdan biri deb aytgan bo‘lardim – Abdusattorov 

Sport

image

Niderlandiya mezbonlik qilayotgan “Tata Steel-2023” xalqaro turnirida jahon tojdori, norvegiyalik Magnus Karlsenni qora donalarda mag‘lubiyatga uchratgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bu yutuq faoliyatidagi eng yorqin g‘alaba emasligini aytib o‘tdi.

“Bu g‘alabani faoliyatimdagi eng yorqin g‘alabalarimdan biri deb aytgan bo‘lardim, ammo eng  yorqini emas. Musobaqa tashkil etilgan “Ayaks” stadioni juda ajoyib ekan. Dastavval stadion kattaligini ko‘rib hayratlandim. Jamoalar chempionatlarda to‘p surganida bu stadionni ko‘rgandim. Aniq esimda yo‘q, lekin shu maydonda “Real Madrid” o‘ynagan edi”, deydi Abdusattorov.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek jurnalistlarning o‘yin haqidagi savollariga ham javob bergandi.

Bugun, 20 yanvar kuni nufuzli turnirning “Challenger” guruhida 6-tur o‘yinlari start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing