Bu inqirozlar vaqti – Prezident Bayden ilk nutqida birlikka chaqirdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 yanvar kuni Jo Bayden rasman qasamyod qilgani va AQSHning 46-Prezidenti bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Qasamyoddan keyin Bayden Vashingtondagi inauguratsiya marosimida Prezident sifatida nutq so‘zladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

“Bu Amerika kuni. Bu demokratiya kuni. Tarix va yangilanishga bo‘lgan umid kuni. Bugun biz nomzodning emas, balki maqsadlarning g‘alabasini nishonlayapmiz. Maqsadlar – demokratiya”, deya boshladi Bayden o‘zining tantanali nutqini. 

Shundan so‘ng, Prezident yanvar oyi boshida Kapitoliy tepaligini bosib olishga bo‘lgan urinishni eslab, Amerika demokratiyasining qimmatini ta’kidlab o‘tdi. Nutqi davomida u barcha amerikaliklarning Prezidenti ekanini alohida urg‘uladi.

“Demokratiya qadrli ekanligini yana bir bor bilib oldik. Va shu soatda, do‘stlarim, demokratiya g‘alaba qozondi”, dedi Bayden.

Nutq davomida Bayden AQSH aholisi oq  tanlilar ustunligiga qarshi turishi kerakligini aytdi. U inauguratsiya paytida bu haqda eslatib o‘tgan birinchi Prezident bo‘ldi.

“Barcha uchun adolat orzusi endi kechiktirilmaydi. Bu inqirozlar, chaqiriqlar va birlik vaqti”, dedi Prezident.

U shuningdek, xalqini birlikkka chaqirdi hamda Tramp boshqaruvida qarama-qarshiliklar avj olganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing