Bu chorak asrlik prezidentligimdagi asosiy qarorlardan biri – Lukashenko muxolifatni ogohlantirdi
Olam
−
17 aprel 2021
6090Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko chorak asrlik prezidentligi davridagi “eng prinsipial qarorlardan birini” qabul qilishini bildirdi. Bu haqda BelTA xabar berdi.
“Yaqin vaqtlarda, men qaror qildim, biz uni tashkillashtiryapmiz, men ovoza qilaman. Bu chorak asrlik prezidentligimdagi asosiy qarorlardan biri bo‘ladi. Bu juda jiddiy bo‘ladi”, degan Lukashenko.
Belarus yetakchisi gap aynan qanday qaror haqida ketayotganini aytmasdan, katta ehtimol bilan bu Prezident dekreti bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
“Shuning uchun agar men bo‘lmasam, xalqona aytganda, mening jasadim orqali ular [muxolifat] hech nimaga erishmaydi”, degan Lukashenko.
Ayni paytda, Belarusda Prezident farmoni bilan Konstitutsion komissiya ish olib boryapti. U joriy yil 1 avgustgacha Bosh qonunni o‘zgartirish bo‘yicha taklif tayyorlashi kerak. Lukashenko bundan avval mamlakatda hokimiyatlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash vaqti kelganini aytgandi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi 2022 yil yanvar oyining o‘rtalaridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mahalliy saylovlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
LiveBarchasi