Bu Andersson UzAuto Motors rahbarligidan ketdi

Jamiyat

image

Shvetsiyalik mutaxassis Bu Andersson so‘nggi uch yil davomida egallab turgan “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori lavozimidagi faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda “UzAuto Motors” matbuot xizmati xabar berdi.

“E’tiborlisi shundaki, moliyaviy nuqtai nazardan olib qaraganda, janob Anderssonning O‘zbekistondagi faoliyati kompaniya uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi – o‘rtacha sof daromad 6 foizdan oshdi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, o‘tgan davr mobaynida "UzAuto Motors" AJ IPO (aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish) o‘tkazgan.

“O‘tgan 3,5 yil davomida erishgan barcha natijalar butun jamoamiz: muhandislar, menejerlar, ustalar va eng muhimi ishchilar mehnatining samarasidir. Har qanday korxonaning asosi odamlar ekaniga ishonchim komil. So‘nggi yillardagi muhim natijalar qatorida korxonada barchani muvaffaqiyatlar va natijalarga ko‘ra rag‘batlantirish imkonini beruvchi aniq va to‘g‘ri KPI tizimining joriy etilganligini alohida ta’kidlashdan xursandman”, deydi Bo Andersson.

Bu Anderson faoliyati:

•  1993 yildan 2009 yilgacha xarid yo‘nalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001-2009 yillarda “General Motors”ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan.
•  2009 yildan 2013 yilgacha “Gruppa GAZ” korxonasiga prezident etib tayinlangan. Bu davrda u “Gruppa GAZ” biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqishga erishgan. 
•  U 2014 yildan 2016 yilgacha “AvtoVAZ” OAJ prezidenti etib tayinlangan va “Gruppa GAZ”da bo‘lgani kabi “AvtoVAZ”da ham to‘liq transformatsiyani amalga oshirgan.
•  “AvtoVAZ”ni tark etgach, eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Yazaki Europe, Africa, North&South America” korporatsiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan.
Bu Anderson erishgan yutuqlar:
•  Adam Smit xalqaro avtomobil forumida u Rossiya avtomobilsozlik sanoatida “2010 yilning eng yaxshi yetakchisi” deb topildi. 2011 yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlash uchun “Automotive News Europe” tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Eurostars” mukofotida “Rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxshi yetakchisi” deb topildi.
•  2012 yilda Bu Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti bo‘lgan “AutomotiveSupply Chain”dan “GAZ Gruppasi”ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini ta’minlagani uchun “Eng yaxshi yutuqlar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
•  Bu Inge Andersson MDH mamlakatlaridagi avtomobil konsernlarini boshqarish va inqirozlar davrida erishgan muvaffaqiyatlari hamda katta tajribasi “UzAutoMotors” va “UzAutoMotors Powertain” kompaniyalariga yarimo‘tkazgichlar tanqisligi va logistika muammolari bilan bog‘liq global inqirozlarini eng kam yo‘qotish bilan yengishga, hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiyalashning yangi yo‘nalishini egallashga imkon beradi.
Ma’lumot o‘rnida, “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatidagi davlatga qarashli "O‘zavtosanoat" AJning yirik sho‘ba korxonalari bo‘lib, “General Motors” bilan texnik litsenziya shartnomasi asosida “Chevrolet” yengil avtomobillarini ishlab chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, u 2021 yilning avgust oyida UzAutosanoat aksiyadorlik jamiyatining "UzAuto Motors" AJ va "UzAuto Motors Powertrain" AJlariga bosh direktor etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors Bu Andersson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing