Bu hafta ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

Bu hafta O‘zbekiston hududiga iliq va biroz nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi. 

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun, 6 noyabr kuni, kunduzi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 19-24 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida havo o‘zgaradi.

8 noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 8 noyabrda hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 9 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

10 noyabrda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8-10 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18 darajagacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 15-20 daraja bo‘ladi. 10 noyabrga kelib, harorat kechasi 3-6 darajagacha tushadi.

Poytaxtda 6-7 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-23 daraja bo‘ladi.

8 noyabrda kunning ikkinchi yarmida esa yomg‘ir yog‘adi. 9 noyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 noyabrda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

8-9 noyabrda harorat 14-16 daraja, 10 noyabrda esa 16-18 daraja iliq bo‘ladi. 10 noyabr kuni harorat kechasi 3-6 darajagacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing