Bu hafta havo harorati pasayadi

Bu qiziq

image

Avgust oyi boshi uchun juda issiq kelgan dam olish kunlaridan so‘ng, bu hafta O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni biroz pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ushbu ish haftasi davomida havo harorati 35-38 darajadan 32-35 darajagacha o‘zgarib turadi. Faqat respublikaning eng chekka janubida bugun, 3 avgust kuni kunduzi havo harorati 40-43 daraja, joriy yilning 4-7 avgustida 38-40 daraja atrofida bo‘ladi.

Bu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchili kutilmaydi.Faqat respublikaning tog‘li hududlarida, shuningdek 4 avgustda Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Joriy yilning 3-5 avgust kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 va joriy yilning 6-7 avgust kunlari 35-38 daraja, 4-5 avgust kunlari 33-35 daraja bo‘ladi. Kechalari havo harorati 20-23 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha, 4 avgustda 12-15 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing