Bu hafta havo harorati pasayadi
Bu qiziq
−
15:54 2654 2 daqiqa
Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududida havo harorati pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30–35 daraja atrofida, janubda esa 37 darajagacha bo‘ladi.
Bugun, 29 iyun kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Joriy yilning 1 iyul kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.
2 iyul kuni markaziy viloyatlarning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, 3 iyul kuni esa O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 32–34 daraja bo‘ladi.
Ertaga, 30 iyun kuni vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 30–32 daraja bo‘ladi.
1–3 iyul kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat 2 iyul kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati asosan kunduzi 31–34 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 iyun kuni Toshkent shahrida kuchli shamol kuzatilayotgani sababli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi