Bryusselda minglab odamlar Audi zavodining yopilishiga qarshi namoyishga chiqdi
Olam
−
17 Sentabr
3308Kecha, 16 sentyabr kuni minglab namoyishchilar Bryusseldagi Audi avtomobil zavodining yopilishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda “The Brussels Times” gazetasi xabar berdi.
Kayd etilishicha, Germaniyaning Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi Belgiyadagi shu’ba korxonasi Audi zavodida ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
“The Brussels Times” gazetasining yozishicha, Audi endilikda Bryusselda uzoq muddatli ishlab chiqarish rejalashtirilmayotganini tasdiqlagan. Belgiya kasaba uyushmalari zavodning yopilishi Bryusselda 3000 ga yaqin ish o‘rinlarini yo‘qotishga olib kelishidan xavotirda.
Ma’lumot uchun, Audi Volkswagen guruhi tarkibiga kiruvchi nemis avtomobil kompaniyasi bo‘lib, u Audi brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U 1909 yildan buyon o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Madina Salimova