Bedavo kasallikka chalingan Bryus Uillisning onasi o‘g‘lining hozirgi ahvoli haqida gapirdi
Madaniyat-san’at
−
25 dekabr 2023
11912Mashhur aktyor Bryus Uillisning onasi o‘g‘lining aqli zaifligi tufayli uni tanimay qolishidan qo‘rqishini aytdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Gollivud yulduzining og‘ir kasal ekanligi o‘tgan yili qishda ma’lum bo‘lgandi. Aktyorning qizi Skaut o‘zining Instagram'dagi sahifasida ta’sirli video joylashtirib, otasining davolab bo‘lmaydigan miya kasalligiga chalingani, uning nutqi va harakat qobiliyatining zaiflashib borayotgani haqida ma’lumot bergandi.
Aktyorning onasi Marlen Uillis ham ushbu ko‘ngilsiz tashxisdan keyin o‘g‘li bilan munosabati haqida gapirdi.
Marlen kino yulduzining kasalligi uning hayoti va atrofidagi dunyoga munosabatini o‘zgartirib yuborganini aytgan.
"O‘g‘lim hali ham meni taniydimi yoki yo‘qmi, ishonchi komil emas. Uning xatti-harakati juda sekin. Shuningdek, ongidagi xastalik ortidan paydo bo‘lgan biroz tajovuzkorlik tufayli u bilan odatdagidek suhbatlashib bo‘lmaydi. Bu kabi belgilar uning klinik holatidan kelib chiqilsa, har qanday bemorda uchrashi mumkin" degan u.
Bundan tashqari, Marlen nevaralari uchun juda ko‘p azob chekayotganini aytib o‘tgan. Lekin u oila bu qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tishiga ishonch bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, oldinroq Bryus Uillisning yana bir qizi otasiga demensiya – xalq orasida “yashirin kasallik” tashxisi qo‘yilgani haqida ma’lum qilgandi. Miya faoliyati va nutqning buzilishi bilan kechadigan ushbu kasallik alsgeymer, parkinson, binsvanger va boshqa kasallik alomatlari majmuasi hisoblanadi.
"U hali ham mening kimligimni biladi va xonaga kirganimda xursand bo‘ladi. (U deyarli har doim meni taniydi, kamdan-kam yomon kunlar bundan mustasno).
Deminsiya va alsgeymer o‘rtasidagi farq – hech bo‘lmaganda, dastlabki bosqichlarda, birinchisida nutq va harakat qobiliyati buziladi, ikkinchisida esa xotiraga zarar yetadi", degan edi Tallula.
LiveBarchasi