Britaniyaning yangi hukumati Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini e’lon qildi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning yangi Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Ukrainani Rossiya hujumlaridan himoya qilishda davom etish niyatida ekanligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Britaniyaning yangi hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda va uning xavfsizligini kafolatlashga doimo sodiq qoladi”, deya yozgan Devid Lemmi.

Germaniya Buyuk Britaniyada yangi Leyboristlar hukumati hokimiyatga kelganidan keyin Lemmi tashrif buyurgan birinchi davlat bo‘ldi. Berlinga tashrifi chog‘ida u Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarini qayta tiklash niyatida ekanligini bildirdi.

“Birlashgan Qirollikning yangi hukumati o‘zining ustuvor yo‘nalishlarini juda aniq belgilab oldi. Biz Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarimizni tiklashni istaymiz”, degan Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari.

Lemmi qirollikning YeI ichki bozoriga va YeI Bojxona ittifoqiga qaytish ehtimolini istisno qildi, biroq xavfsizlik masalalarida birgalikda ko‘p ish qilishlari mumkinligini ta’kidladi.

“Bunday bitim mudofaa, energiya va iqlim kabi juda keng mavzularni qamrab olishi mumkin. Shuni aniq aytmoqchimanki, yevropaliklar bizning do‘stlarimiz va biz urush fonida mudofaa xarajatlarini oshirishda davom etishimiz hamda ular bilan yaqindan hamkorlik qilishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.

O‘z navbatida, Annalena Berbok Buyuk Britaniyani fan, madaniyat va xavfsizlik sohalarida Yevropaning ajralmas qismi deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga ajdodlari qul bo‘lgan birinchi rahbar tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya EI Annalena Berbok Leyboristlar Devid Lemmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing