Britaniyaning sobiq bosh vaziri TIVga rahbar bo‘ldi
Olam
−
13 noyabr 2023
4495Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron qirollik Tashqi ishlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir Rishi Sunak idorasining bayonotida aytiladi.
“Hurmatli Devid Kemeron Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot bo‘yicha kotib etib tayinlandi”, deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, Kemeron 2010 yilda 44 yoshida Bosh vazir etib saylanib, 1812 yildan beri Dauning-strit, 10-uydagi ofisni egallagan eng yosh siyosatchiga aylangan. Kemeron 2005 yildan beri Konservativ partiyani boshqarib kelgan. Umuman olganda, u olti yil - 2016 yilgacha hukumat rahbari bo‘lib ishlagan. Eng muhimi, Kemeron 2015 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazishga va’da bergani bilan yodda qolgan. Partiya g‘alaba qozongach, u o‘z so‘zida turdi va plebissit uyushtirdi. Kemeronning o‘zi Brexit'ga qarshi kampaniya olib borganini hisobga olib, u iste’foga chiqdi va parlamentni ham tark etdi. Shu paytdan boshlab u davlat siyosatiga aralashmasdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rishi Cunak Ichki ishlar vazirini ishdan bo‘shatgan va uning o‘rniga Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan Jeyms Kleverlini tayinlagandi.
LiveBarchasi