Britaniyaning eng boy tadbirkorlaridan biri o‘z uyida o‘lik holda topildi
Olam
−
09 aprel 2021
5689Buyuk Britaniyadagi eng boy ishbilarmonlardan biri, 83 yoshli Richard Satton o‘z uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda "The Sun" ma’lum qilgan.
Politsiya allaqachon 34 yoshli gumonlanuvchini hibsga olgan. U marhum bilan tanish bo‘lmagani aytilmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxs Dorset grafligida joylashgan uyga bostirib kirgan. U pichoq bilan Satton va uning rafiqasiga hujum qilgan.
Erkak voqea joyida vafot etgan, ayol pichoq jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Millionerga tegishli bo‘lgan Sir Richard Sutton Ltd. kompaniyasi o‘z bayonotida "sodir bo‘lgan voqeadan qattiq qayg‘uda ekanini" ma’lum qilgan.
"Ser Richard g‘amxo‘r, saxiy va yaxshi edi, u o‘zi bilan birga ishlaganlarni katta oilasining bir qismi sifatida hurmat qilardi", deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Sattonning boyligi 301 million funt sterlingga baholanmoqda.
Tadbirkor Londondagi Sheraton Grand va Athenaeum mehmonxonalariga, shuningdek ko‘chmas mulk va bir nechta fermer xo‘jaliklariga egalik qilgan.
LiveBarchasi