Britaniyalik mashhur jarrohning uyidan minglab odam suyaklari topildi

Olam

image

Taniqli britaniyalik jarroh Derek Makminn yashirincha inson suyaklarini yig‘ib kelgani ma’lum bo‘ldi. U siyosatchi, sportchi va mashhurlarni davolagani bilan mashhur.

Ma’lum bo‘lishicha, MakminningVustershirdagi uyidan va Birmingemdagi ofisidan 5 mingdan ortiq suyak topilgan. Ular avval bemorlarn protezlash vaqtida olib tashlangan. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, jarroh suyaklarni 1990-yillardan “kolleksiya” qila boshlagan va bemorlarning suyagidan foydalanishi bo‘yicha ularning fikrlari bilan qiziqmagan.

Shifoxona xodimlari shifokorning g‘ayritabiiy xobbilarini bilgan va unga yordam ko‘rsatgan.

Makminning o‘zi tibbiyot muassasasi rahbariyatiga suyaklarni saqlashini aytgan. U pensiyada aqlning teranligini saqlash uchun suyaklarni o‘rganmoqchi bo‘lganini aytgan.

Biroq endilikda ish politsiyagacha borgan va tekshiruv boshlangan. Jarroh inson to‘qimalari to‘g‘risidagi qonunni buzishda ayblanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

suyak Derek Makminn jarroh

Baholaganlar

1527

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing