Navoiyda xonadondan odamnikiga o‘xshash suyaklar topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Navoiy viloyati Xatirchi tumani Navbahor MFYdagi xonadonlarning birida uy egasi yer kovlayotib, ko‘mib yuborilgan odam skeleti topib olgani haqida xabar tarqatildi.

Aniqlanishicha, Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro R.Z. joriy yilning 16 sentyabr kuni yashash xonadoni hovlisida joylashgan ekin yerini kovlayotgan vaqtida, odam suyagiga o‘xshash suyaklar chiqqanligini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy hamda sud-tibbiy kriminalistik ekspertizalar tayinlangan.

Tergovga qadar tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy suyak

Baholaganlar

1638

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing