Arxeologlar 2 ming yillik “sirli” qotillik qurbonini topishdi

Olam

image

Buyuk Britaniyada arxeologlar bundan taxminan 2 ming yil avval yashagan va “sirli” qotillik qurboni bo‘lgan odam suyaklarini topishdi. Bu haqda “The Daily Mail” xabar berdi.

Mutaxassislar Bukingemshir grafligidagi Uendover shahri yaqinida joylashgan Uellvik fermasi atrofida katta yoshli erkak suyaklarini topishgan. U yo‘l yoqasidagi ariqqa yuzi yerga qaratilgan va qo‘li bog‘langan holda ko‘milgan.

Arxeologlarning fikricha, qurbonning yoshi hozircha noma’lum, ammo qoldiqlar ikki ming yoshdan kichik emasligi taxmin qilinyapti.

“Uellik fermasidagi odamning o‘limi biz uchun jumboqligicha qolyapti. Ammo yo‘l chetidagi ariqda yuzi yerga qaratilgan va qo‘li bog‘langan holda ko‘milishning yo‘llari ko‘p emas”, degan arxeolog Reychel Vud qotillik bo‘lganiga ishora qilib.

U mutaxassislar bu voqea haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishiga umid bildirgan.

Suyak qoldiqlari HS2 tezyurar magistrali qurilish maydonchasida olib borilgan arxeologik izlanishlar vaqtida topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya arxeologiya suyak

Baholaganlar

781

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing