Britaniyalik hamshira yetti chaqaloqni o‘ldirdi
Olam
−
19 avgust 2023
13752Britaniyalik hamshira yettita yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Aytilishicha, u bir yil mobaynida o‘zi ishlayotgan Chester shifoxonasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni shprits yordamida ukol qilib, o‘ldirib kelgan. Shuningdek, shifoxonaning neonatal bo‘limida ataylab havo kiritish, ortiqcha ovqatlantirish va insulin bilan zaharlash kabi usullar bilan yana oltita chaqaloqni o‘ldirishga uringan.
“Hakamlar hay’ati chaqaloqlarni o‘ldirishga urinish bilan bog‘liq qo‘shimcha ayblov masalasida hukm chiqara olmadi. Prokurorlar ushbu moddalar bo‘yicha sudni qayta ko‘rib chiqish uchun 28 kun so‘radi. Manchester sudi 21 avgust kuni hamshira Letbiga yakuniy hukm chiqarishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limi yetakchi maslahatchisining BBC'ga aytishicha, shifoxona rasmiylari hamshiraga qo‘yilgan ayblovlarni o‘z vaqtida tekshirmagan va shifokorlarning ovozini o‘chirishga uringan.
2015 yil oktyabr oyida bo‘limning yetakchi maslahatchisi doktor Stiven Berri birinchi marta Letbining xatti-harakatlaridan xavotirda ekanini aytgan. Ammo unga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan. Shundan so‘ng, u yana ikkita chaqaloqning hayotiga zomin bo‘lgan.
Jabrlanuvchilarning ismi sud tomonidan oshkor qilinmagan, biroq qotil "hamshira" tomonidan besh o‘g‘il va ikki qiz o‘ldirilgani ma’lum.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Letbi politsiya tomonidan 2018 va 2019 yillarda ham tergov ishlari munosabati bilan ikki marta hibsga olingan va qayta qo‘yib yuborilgan. U 2020 yil noyabr oyida yana hibsga olindi. Uning uyi tintuv qilinganida xat chiqqan.
“Men yashashga loyiq emasman. Men ularni qasddan o‘ldirdim. Men dahshatli, yovuz odamman”, deb yozgan u xatida.
LiveBarchasi