Britaniyada parlament saylovlari qachon bo‘lishi ochiqlandi
Olam
−
23 may
1653Buyuk Britaniyada parlament saylovlari 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Rishi Sunak Londondagi Dauning-stritdagi qarorgohida ma’lum qildi.
“Avvalroq men oliy hazratlari (Charlz III) bilan parlamentni tarqatib yuborishni so‘rab gaplashdim. Qirol bu iltimosni qondirdi va umumiy saylovlar 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi”, deydi Sunak.
Sunak nutqida o‘z hukumatining Buyuk Britaniyada bolalar uchun yaxshi kelajak yaratishdagi yutuqlari bilan faxrlanishini aytgan.
"Iqtisodiy barqarorlik har qanday muvaffaqiyatning asosidir", deya qo‘shimcha qilgan Sunak.
Shuningdek, u Buyuk Britaniya iqtisodiyoti hamon o‘sib borayotganini va inflyatsiya normal darajaga qaytganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Bosh vazir og‘ir qarorlar qabul qilinishi kerak bo‘lganda mamlakat bilan halol bo‘lganini aytib, o‘zini maqtagan.
Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniyada avvalgi parlament saylovlari 2019 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.
LiveBarchasi