Britaniyada koronavirusning yana bir yangi turi aniqlandi

Olam

image

Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining yana bir mutatsiyaga uchragan yangi varianti aniqlandi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma’lum qilgan. 

Unga ko‘ra, Janubiy Afrikadan kelgan ikki kishida COVID-19 virusining yana bir varianti qayd etilgan. 

Xenkokning ta’kidlashicha, virusning ushbu turi yanada yuqumli va yanada ko‘proq mutatsiyaga uchragan bo‘lishi mumkin. 

Shu munosabat bilan Buyuk Britaniya Hukumati Janubiy Afrikaga tashrif buyurishda cheklovlar o‘rnatadi. Shuningdek, ushbu mamlakatdan kelgan va ular bilan bog‘langanlar uchun majburiy ikki haftalik karantin joriy etiladi. 

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. 
Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Hukumati yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Shuningdek, bir qancha davlatlar yangi turdagi koronavirus qo‘rquvi sabab Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni to‘xtatgan


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya koronavirus mutatsiya

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing