Britaniyada xo‘randaga berilgan taom ichidan marvarid chiqdi

Olam

image

Britaniyalik erkak restoranda o‘zi buyurtma qilgan midiyadan (mollyuska turi) marvarid topib, uni sevgilisiga sovg‘a qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nashrning yozishicha, juftlik ayolning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun restoranga borgan. Erkak buyurtma qilingan dengiz ovqatlaridan birini yeyayotganida og‘zida qattiq narsani sezgan va uning kichik marvarid toshi ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, qahramon uni o‘zi bilan kelgan hamrohiga sovg‘a qilgan.

“Men o‘z vaqtida midiya va shunga o‘xshashlarni ko‘p iste’mol qilganman va bunday holatga hech qachon duch kelmaganman. Google'da uning qanchalik kamyob narsa ekani haqida qidirdim va menimcha, bu 10 000 tadan bitta holatda yuz beradi”, dedi ayol.

Ma’lum bo‘lishicha, juftlik tashrif buyurgan restoranda har hafta 25 kg midiya sotiladi, biroq o‘sha kuni birinchi marta uning ichidan marvarid chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya marvarid midiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made