Britaniyada Bolgariyadan kelgan mashina tirkamasidan 39 kishining jasadi topildi

Olam

image

Bugun, 23 oktyabr kuni Buyuk Britaniya politsiyasi Esseks grafligining Greys shahridagi sanoat zonasida yuk mashinasi tirkamasidan 39 kishining jasadini topdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 38 nafari katta yoshdagi fuqarolar bo‘lsa, bir nafari o‘spirin ekani aniqlandi. Hozirda qotillikda gumon qilingan Shimoliy irlandiyalik 25 yoshli shaxs hibsga olingan", deyiladi xabarda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi mamlakatga 19 oktyabr kuni Bolgariyadan kelgan.

Qo‘lga olingan shaxs yuk mashinasi haydovchisi.

Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyadagi ushbu voqea haqida batafsil ma’lumotga ega emas va mazkur ma’lumotni tekshiradi.

"Londondagi elchixonamiz mahalliy ma’murlar bilan aloqada bo‘lib, ushbu ishni tekshirmoqda", deyiladi Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Bolgariya 39 kishining jasadi

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing