Britaniyada bolalar studiyasiga hujumdan so‘ng tartibsizliklar boshlandi (video)
Olam
−
31 iyul
5178Britaniyaning Sautport shahrida o‘ng qanot ekstremistlar tartibsizlik keltirib chiqardi va oqibatda 39 nafar politsiyachi jarohat oldi. Ulardan 27 nafari shifoxonada. Bu haqda bugun, 31 iyulga o‘tar kechasi mahalliy tez yordam xizmati xabar berdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, zobitlar suyak sinishi, kesilish, miya chayqalishi va boshqa jarohatlar olgan. Norozilik munosabati bilan politsiya bir kun davomida gumondorlarni qidirish va hibsga olish uchun kengaytirilgan vakolatlarni oldi.
Norozilik bolalar raqs studiyasiga pichoq bilan hujum uyushtirilgan va uch qiz halok bo‘lganidan keyingi kun boshlangan. Qoidabuzarlar mahalliy masjid va militsiya xodimlariga g‘isht uloqtirgan, mashinalar va axlat qutilarini yoqib yuborgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, to‘polonchilar asosan o‘ta o‘ngchi islomofob “Ingliz mudofaa ligasi” guruhi a’zolaridir.
"Bu jamiyatga murojaat qilishning hech qanday usuli emas, ayniqsa, dushanba voqealaridan hali ham azob chekayotgan jamiyatga", deydi Mersisayd politsiyasi boshlig‘i yordamchisi Aleks Goss.
Shahardagi tartibsizliklar 29 iyul kuni Hart Space Studious bolalar raqs studiyasiga pichoq bilan qilingan hujumdan bir kun o‘tib boshlangan. Hujum oqibatida uch qiz halok bo‘lgan. Yana sakkiz nafar bola pichoqlangan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir. Ikki katta yoshli shaxs ham og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada. Qo‘shni Benks shahrida yashovchi 17 yoshli o‘smir hujumda gumonlanib hibsga olindi. Hujum sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Hozirda politsiya hujumni terrorchilik hujumi deb baholamayapti. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchi Buyuk Britaniyada tug‘ilganini ta’kidladi.
LiveBarchasi