Britaniyada AstraZeneca vaksinatsiyasidan so‘ng trombozning 30 ta holati qayd etildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlari ma’muriyati Angliya-Shvetsiya kompaniyasi AstraZeneca tomonidan ishlab chiqilgan vaksina bilan emlashdan so‘ng trombozning 30 ta holatini qayd etdi. Bu haqda haftalik tadqiqotlarga tayanib, RBK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar 24 martga qadar qon quyqalari va trombotsitlar miqdori pastligi haqidagi hisobotlarni ko‘rib chiqqan. Ulardan 22 tasi miya venoz sinus tromboziga tegishli. Pfizer-BioNTech bilan emlanganida bunday holatlar qayd etilmagan.

24 mart holatiga ko‘ra, qirollikda 18,1 million kishi COVID-19 ga qarshi emlangan.

Mamlakatlar AstraZeneca vaksinasi bilan mart oyida emlangan odamlarda qon quyqalari va qon ketishining buzilishi kabi jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani tufayli uni bekor qila boshladi. Ba’zi hollarda, ular o‘lim bilan ham tugagan. Xususan, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya va Irlandiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya ingliz-shved dori vositasi bilan emlashni to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 apreldan O‘zbekistonda ham koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Mamlakatda AstraZeneca vaksinasidan foydalanilmoqda.

Avvalroq, Hindistondan 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelingandi.

Joriy yilning iyun oyigacha O‘zbekistonga yana 5,5 mln doza koronavirusga qarshi vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing