Britaniyada AstraZeneca bilan emlanganlarning 79 nafarida tromboz holati qayd etildi
Olam
−
08 aprel 2021
4034Buyuk Britaniyaning Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini tartibga solish bo‘yicha agentligi mamlakatda koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarning 79 nafarida qon quyilishi qayd etilganini xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, 18 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 19 kishi vafot etgan.
Qon quyilishi holati aniqlanganlarning uchdan ikki qismi ayollardir.
Buyuk Britaniyaning regulyatori 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun AstraZeneca vaksinasidan foydalanmaslikni tavsiya etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) qon quyqalarining paydo bo‘lishini AstraZeneca vaksinasining juda kam uchraydigan yon ta’siri ro‘yxatiga kiritishni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan O‘zbekistonda ham koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Mamlakatda AstraZeneca vaksinasidan foydalanilmoqda.
LiveBarchasi