Britaniyada 102 yoshli ayol tug‘ilgan kunida parashyutdan sakradi (video)

Bu qiziq

image

Buyuk Britaniyada 102 yoshli ayol tug‘ilgan kunini parashyutdan sakrab nishonladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bu orqali u 102 yoshida samolyotdan sakrab tushgan mamlakatdagi eng keksa parashyutchiga aylandi. Ayolning ismi Manette Beyli bo‘lib, uning bunday noodatiy qiyinchiliklarni o‘zida sinab ko‘rishi birinchi marta emas. Jumladan, 2022 yilda 100 yoshini nishonlash uchun Ferrari’da 130 milya tezlikda mashina haydagan.

Parashyutdan sakrash orqali u keksa, nogiron odamlar ham qo‘lidan har qanday qiyinchilikni eplay olishini ko‘rsatib qo‘yishni xohlagan.

“Sakrayotganimda bu biroz qo‘rqinchli tuyuldi. Buni tan olishim kerak. Ammo men buni uddalayman, deya niyat qildim. Ko‘zlarimni qattiq yumib oldim. Va, o‘ylaymanki, buni epladim. Men shunchaki 80 va 90 ga yaqinlashayotgan boshqa odamlar ham hech narsadan voz kechmasliklarini xohlayman. Faqat davom etish kerak”, degan keksa ayol.

Nashr olgan ma’lumotlarga qaraganda, Manette Beyli hatto bir marta parashyutchiga turmushga chiqqan va Ikkinchi jahon urushi paytida ayollar qirollik dengiz xizmatida xizmat qilgan. Lekin shu paytgacha hech qachon tepadan sakrab ko‘rmagan va u buni 102 yoshida qo‘rqmasdan qila oldi.

Ayol bunday murakkab ishlarni xayriya uchun qilayotganini bildirgan.

“Men buni xayriya qilyapman. Yig‘ilgan pullarni qishlog‘imizning markazi, ya’ni qo‘shnilar yig‘iladigan yagona markaz hamda neyron kasalliklari assotsiatsiyasiga bermoqchiman. Chunki mening jiyanim kasallikdan azob chekmoqda va tadqiqot uchun mablag‘ kerak”, deydi ayol.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sayyoradagi eng keksa erkak, britaniyalik Jon Alfred Tinnisvud o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya ayol 102 yosh parashyut Manette Beyli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing