Britaniyada harbiy vertolyot quladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz kuchlariga qarashli vertolyot Angliyaning janubi-g‘arbidagi Devon grafligida halokatga uchradi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Hodisa yuzasidan tergov boshlanib, voqea joyiga politsiya hamda favqulodda xizmatlar yuborilgan.

Qirollik harbiy-dengiz kuchlari ma’lum qilishicha, harbiy vertolyot Devon hududiga qulagan. Shundan so‘ng voqea joyiga ko‘plab politsiya, yong‘in xavfsizligi va tibbiy brigadalar jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida qurbonlar bor. Biroq vertolyot bortida bo‘lgan harbiy xizmatchilarning soni va holati haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Hozirda avariya sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, halokat sodir bo‘lgan hudud yaqinida Qirollik harbiy-dengiz kuchlarining ikki muhim aviabazasi joylashgan. Ulardan biri Kornuolldagi Helston shahri yaqinidagi RNAS Culdrose bazasi bo‘lib, u Yevropadagi eng yirik vertolyot bazalaridan biri hisoblanadi. Somersetdagi RNAS Yeovilton bazasida esa 100 dan ortiq havo kemasi joylashtirilgan.

Britaniya rasmiylari vertolyot halokati bilan bog‘liq holatlarni o‘rganishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning G‘arbiy Kalimantan provinsiyasida bortida olti nafar yo‘lovchi va ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Airbus H130 vertolyoti halokatga uchragandi. Oqibatda bortdagilarning barchasi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing