Britaniya urush davri rejimiga reja tayyorlayapti

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati butun mamlakatni – armiya va politsiyadan tortib, shifoxonalar va sanoatgacha urushda ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli rejaning yangi talqinini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, aviatsiya marshali Richard Nayton “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar va fuqarolar shunchaki gibrid hujumlar bilan cheklanib qolmaydigan, balki Britaniya bilan urush yoqasida turgan dushmanning harakatlariga tayyor bo‘lishlari kerak.

“1976 yildan beri yangilanmagan hukumat urush kitobining (Government War Book) tayyorlanayotgan yangi tahriri britanlardan davlat barqarorligi masalalariga boshqacha yondashishni talab qiladi”, deydi Naytton. 

Uning ta’kidlashicha, reja sovuq urush davri saboqlariga tayanadi, ammo “zamonaviy kontekstda, hozirgi jamiyat va infratuzilma holatini hisobga olgan holda” tuziladi. Bu elektr stansiyalari va suv ta’minoti tizimlari kabi muhim infratuzilmalarning nafaqat tabiiy ofatlarga, balki urush xavfiga nisbatan ham chidamliligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Strategiyaning avvalgi versiyasi inqiroz sharoitida nafaqat harbiylarni, balki tinch aholi va sanoatni ham safarbar qilish bo‘yicha batafsil ro‘yxatlar va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan edi. Unga maktablarni yopish, shifoxonalarni bo‘shatish, oziq-ovqat uchun kartochka tizimini joriy etish va hatto milliy boyliklarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar kirgan.

“Tinch aholi shuni anglashi kerakki, Buyuk Britaniya oxirgi 30 yil davomida bahramand bo‘lgan nisbiy tinchlik vaziyati ustida tobora katta xavf paydo bo‘lmoqda. Bu bizdan xabardorlikni oshirishni talab qiladi. Biz aholiga ushbu tahdidlarning mohiyatini, shuningdek, odamlar mamlakatni va ehtimoliy qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun nimalar qila olishini tushunishga yordam berishimiz kerak”, deydi marshal.

Ma’lumot uchun, bungacha mamlakat Bosh vaziri Kir Starmer va Mudofaa vaziri Jon Xili mudofaa xarajatlarini YAIMning 3,5 foizigacha (hozirda 2 foizdan biroz ko‘proq) oshirishga va’da bergan, biroq bu 2035 yildan oldin amalga oshirilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya urush davri rejimi Richard Nayton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing