Britaniya Ukrainaga salkam 800 mln dollarlik yordam paketini e’lon qildi
Olam
−
11 Sentabr
1379Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Ukrainaga tashrifi chog‘ida mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun 600 million funt sterling (782 million dollar) ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda Britaniya Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berildi.
"Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Ukrainaga 600 million funt sterlingdan ortiq yordam paketini e’lon qildi", deyiladi bayonotda.
Bayonotda yozilishicha, bugun, 11 sentyabr kuni Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga qo‘shma tashrifida ikki mamlakatning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Ushbu safar Devid Lemmi va Entoni Blinkenning Ukrainaga birinchi qo‘shma tashrifi bo‘lib, Britaniya va AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan qat’iy qarorini bildiradi.
“Bu juftlik Ukrainaning o‘z chegaralari va mustaqilligini himoya qilishning doimiy barqarorligini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Ular Prezident Zelenskiy va Tashqi ishlar vaziri Sibiga bilan ko‘rishib, yangi hamkasbi bilan uchrashgan birinchi Tashqi ishlar vazirlariga aylanishdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 250 million dollar miqdorida navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi