Britaniya Ukrainaga qurol yuborish uchun AQSHdan ruxsat so‘radi

Olam

image

Buyuk Britaniya AQSHdan bir necha hafta ichida Ukrainaga ilg‘or o‘rta masofaga uchuvchi raketa tizimlarini yuborish rejasini ma’qullashni so‘ramoqda. Bu haqda “Politico” masaladan xabardor shaxsga tayanib, xabar berdi.

Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson kecha, 1 iyun kuni ertalab AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan Amerikada ishlab chiqarilgan M270 yalpi hujum reaktiv tizimlarini topshirish haqida gaplashgan.

Bugun, 2 iyun kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida munozara bo‘lib o‘tadi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, eksport qoidalari tufayli bu harakatni Vashington rasman ma’qullashi kerak. Bayden ma’muriyati bu iltimosga “yashil chiroq” yoqish ehtimoli yuqori.

Ayni paytda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles Birlashgan Qirollik Ukrainaga yalpi hujum reaktiv tizimlarini yuborishini ma’lum qildi.

CNN iqtibos keltirgan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya 80 km uzoqlikdagi nishonlarni urib tushirishga qodir M270 yalpi hujum reaktiv tizimlarini jo‘natadi, bu esa “Ukraina kuchlarining jangovar qobiliyatini sezilarli darajada oshirishni” ta’minlaydi. Qayd etilishicha, bu harakat AQSHning Ukrainaga tezkor harakatlanuvchi HIMARS artilleriya raketa tizimini taqdim etish qarori bilan “yaqindan muvofiqlashtirilgan”.

Eslatib o‘tamiz, AQSH kecha Ukrainaga yuboriladigan yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Umumiy qiymati 700 mln dollar bo‘lgan yordam HIMARS raketa tizimlari va Mi-17 vertolyotlarini ham o‘zi ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing