Britaniya Tashqi ishlar vaziri Ichki ishlar vaziri bo‘ldi
Olam
−
13 noyabr 2023 4770 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligini boshqarib kelayotgan Jeyms Kleverli Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir Rishi Sunak idorasining bayonotida aytilgan.
“Parlamentning hurmatli a’zosi Jeyms Kleverli Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi”, deyiladi bayonotda.
Kleverli bu lavozimga o‘tishi bilan bugun, 13 noyabr kuni ishdan bo‘shatilgan Suella Bravermanning o‘rnini egallaydi.
Eslatib ўтамиз, oldinroq Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Falastinni qo‘llovchi namoyishlarni tanqid qilgan Ichki ishlar vaziri Suella Bravermanni ishdan bo‘shatgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025