Britaniya semizlikni bartaraf qiluvchi dori sinoviga tayyorlanmoqda

Salomatlik

image

Buyuk Britaniya ortiqcha vaznli bemorlarning ish joyiga qaytishiga yordam beradigan vazn yo‘qotuvchi dorini sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda NBC xabar berdi.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting diabetni davolash va vazn yo‘qotishga yordam berish uchun Eli Lilly kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Mounjaro ineksion preparatini sinab ko‘rish rejasini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, bungacha ham Mounjaro yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Yaqinda o‘tkazilgan va “JAMA Internal Medicine” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, bu dori Daniya farmatsevtika kompaniyasi Novo Nordisk tomonidan ishlab chiqarilgan Ozempic va Wegovy kabi raqobatdosh dorilarga qaraganda samaraliroq ekanligi aniqlangan.

Striting semizlikning katta iqtisodiy va tibbiy xarajatlarga ega ekaniga e’tibor qaratib, bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar har yili to‘rt kunlik ishni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. Oqibatda bu Milliy sog‘liqni saqlash tizimiga yiliga 11 milliard funt sterling moliyaviy yo‘qotish bo‘ladi.

Buyuk Britaniya hukumati sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga ham e’tibor qaratmoqda. Masalan, bolalar uchun zararli oziq-ovqatlarni reklama qilish taqiqlanadi.

Hukumatning 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, kattalarning to‘rtdan biridan ko‘prog‘i semirib ketgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022 yilgi hisobotida aytilishicha, Britaniya semizlik darajasi bo‘yicha Yevropada Maltadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari inson organizmida S vitamini miqdorining kamligi semizlikka olib kelishini aniqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya ortiqcha vazn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing