Britaniya Rossiya bilan bevosita kurashishi kerak 

Olam

image

Britaniya hukumati Rossiya bilan bevosita qarama-qarshilikka tayyor bo‘lishi uchun mudofaa xarajatlarini oshirishi kerak. Bu haqda bugun, 30 yanvar kuni Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi mudofaa qo‘mitasi raisi Tobias Ellvud “Sky News” telekanaliga ma’lum qildi.

“Oxir-oqibat G‘aznachilik va Dauning strit 10 (Bosh vazir idorasi) dunyo o‘zgarayotganini tan olishlari kerak. Biz sodir bo‘layotgan voqealarda ishtirok etmoqdamiz, hatto o‘z harakatlarimizni kuchaytirdik ham. Harbiy ta’minot jarayonlarida ham biz Ukrainaga jihozlar yubordik va menimcha, barcha ishni Ukraina zimmasiga yuklagandan ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga qarshi turishimiz kerak”, dedi parlament a’zosi Britaniyaning quruqlikdagi kuchlari soni hozir juda kamligini va ular ishlatadigan uskunalar eskirganini eslatib.

Ellvud oldinroq ham “yangi sovuq urush” sharoitida G‘arb sanksiyalar va Kiyevga qurol yetkazib berish bilan cheklanib qolmasligi va yangi strategiyaga muhtojligi haqida bir qator chiqishlar qilgan edi. Uning fikricha, Ukraina ittifoqchilari “taktikdan strategik ta’minotga” o‘tishi va davom etayotgan mojaroda Rossiya Federatsiyasining mag‘lubiyatiga imkon qadar tezroq erishishi kerak. Bu esa rus qo‘shinlarini egallangan barcha hududlardan chiqib ketishini anglatadi.

Shuningdek, u Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordamni sezilarli darajada oshirishni va yaqin orada NATOga qo‘shilmasligi ayon bo‘lgan Ukrainani Birlashgan Ekspeditsiya Kuchlari a’zosiga aylantirishni taklif qilgan. 

Ma’lumot uchun, Birlashgan Ekspeditsiya Kuchlari Shimoliy Yevropa davlatlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik formati bo‘lib, u muntazam qo‘shma mashqlar va maslahatlashuvlarni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya Ukrainaga to‘rtta Challenger 2 tanklarini yuborishga qaror qilgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing