Buyuk Britaniya Ukrainaga tank otryadini yuborishga qaror qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainaga tanklar otryadini yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Royal Forces Challenger 2'ning to‘rtta asosiy jangovar tanki zudlik bilan Sharqiy Yevropaga jo‘natiladi va tez orada yana sakkizta zirhli texnika ham Ukrainaga yetib keladi.

Dauning-stritdagi manbaning ma’lum qilishicha, Sunak o‘z qarorini shanba kuni kechqurun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga e’lon qiladi.

Avvalroq, Sunak idorasi vakili harbiy texnika yetkazib berish Kiyevga urush zonasida voqealar rivojini o‘zgartirishga imkon berishini aytgan edi. 

Buyuk Britaniyaning Ukrainaga Challenger 2 partiyasini yuborish rejalari 9 yanvar kuni e’lon qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Germaniya joriy yilning bahor mavsumi o‘rtalariga qadar Ukraina Qurolli Kuchlariga 40 ta Marder piyoda qo‘shinlarining jangovar mashinasini yuborishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Rishi Sunak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing