Britaniya razvedkasi Facebook’ni terrorchilar bilan “osh-qatiqlikda” ayblamoqda
Olam
−
21 may 2021
3726Britaniyaning MI-5 kontrrazvedkasi boshlig‘i Ken Makkallum birinchi marta Facebook ijtimoiy tarmog‘ini keskin tanqid qildi. U Facebook rahbariyati terrorchilarga ushbu tarmoqdan “erkin foydalanishi” uchun imkoniyat yaratib berayotganidan norozi. Bu haqda Britaniyaning “The Times” nashri yozmoqda.
MI-5 rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Facebook’ning bunday xatti-harakatlari maxsus xizmatlar tomonidan olib borilayotgan yuzlab aksilterror tekshiruvlarga to‘sqinlik qilmoqda.
“Kaliforniyadagi (Facebook’ning bosh ofisi joylashgan shtat. AQSH – tahr.) kengash zallarida qabul qilingan qarorlar ishimizni bajara olishimiz uchun Afg‘oniston yoki Suriyada qabul qilingan qarorlar singari muhimdir”, deydi u.
Makkalumga ko‘ra, Facebook rahbari Mark Sukerbergning Messenger va Instagram uchun maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha rejalari terrorchilarning noqonuniy kontent yuborishi va hujumlarni yashirin ravishda rejalashtirishiga yo‘l ochmoqda. Bu esa o‘z navbatida, huquqni muhofaza qilish organlarining terrorchilarni kuzatib borish imkoniyatlarini cheklamoqda.
“Britaniya politsiyasi va kontrrazvedkasi hech qanday “total” nazorat o‘rnatishga intilmayapti, ammo ular terrorchilarning bomba yaratishi va boshqalarni radikallashishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun ba’zi bir yordam va imkoniyatlarga muhtoj”, deya qo‘shimcha qildi Makkallum.
LiveBarchasi