Britaniya Putin va Lavrovning qizlariga sanksiya kiritdi 

Olam

image

Buyuk Britaniya Rossiya fuqarolari Mariya Voronsova, Katerina Tixonova va Yekaterina Vinokurovaga nisbatan shaxsiy cheklovlar qo‘yish orqali Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati saytida yangilangan sanksiyalar ro‘yxatida aytilgan. 

Cheklovchi choralar mamlakatga kirishni taqiqlashni va agar ular topilsa, aktivlarni muzlatishni nazarda tutadi. Qayd etilishicha, ushbu fuqarolarning “qora ro‘yxat”ga kiritilishi Rossiyaning “Ukrainani beqarorlashtirish yoki Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazish yoki unga tahdid soladigan harakatlari”ni to‘xtatishga qaratilgan.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bu shaxslarni “Prezident Putinning qizlari” va “Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qizi” deb atagan.

Shu bilan birga, sanab o‘tilgan odamlar va Ukrainadagi voqealar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa ko‘rsatilmagan.

Umuman olganda, joriy yilning 24 fevralidan beri Buyuk Britaniya 1,2 mingdan ortiq rossiyalik siyosatchilar, biznesmenlar, amaldorlar, jurnalistlar va korxonalarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami aktivlari 940 milliard funt sterling (1,2 trillion dollar) bo‘lgan 18 ta Rossiya banki, shuningdek, London tomonidan umumiy aktivlari 170 milliard funt sterling (220 milliard dollar) deb baholangan 82 nafar “oligarx va ularning oila a’zolari” sanksiyalar ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing