Britaniya kemasi Qizil dengizda hujumchi dronni urib tushirdi
Olam
−
16 dekabr 2023
4874Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Qizil dengizda uchuvchisiz samolyot esminets tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik rahbari Grant Shapps X ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi.
“HMS Diamond Qizil dengizda suzib ketayotgan savdo kemasini nishonga olgani gumon qilingan hujumchi dronni Sea Viper raketasi bilan urib tushirdi va yo‘q qildi”, deb yozdi Mudofaa vaziri.
Vazir voqeaning boshqa tafsilotlarini keltirmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yamandagi husiylar Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida Maersk konteyner kemasiga hujum qilgan edi. Guruh vakillari hujum dron yordamida amalga oshirilganini tasdiqlagandi.
LiveBarchasi