Britaniya qiroli Charlz III vafot etgani aytilmoqda
Olam
−
18 mart
23083Buyuk Britaniya qiroli Charlz III vafot etgani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda shu haqdagi xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda Bukingem saroyi rasmiy sahifasida berilgan rasmiy bayonot rasmi keltirilgan.
“Qirol kecha tushdan keyin kutilmaganda vafot etdi”, deyiladi xabarda.
Biroq hozirda Bukingem saroyi rasmiy sahifasida bunday bayonot mavjud emas.
Yelizaveta II ning o‘g‘li taxtga bir yildan kamroq vaqt oldin o‘tirgandi. 75 yoshli qirolning toj kiyish marosimi 2023 yil 6 mayda bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Britaniya qiroli Charlz III da saraton aniqlangani haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng, bir necha siyosatchilar, jumladan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Charlz III ga maktub yozib, uning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Mahalliy nashrlar Britaniya qiroli tojni merosxo‘ri shahzoda Uilyamga topshirish rejasini ishlab chiqayotgani va bu qirolning saroydan bosh olib ketgan kenja o‘g‘li shahzoda Garridan sir saqlanayotganini yozdi. Taxt vorisi haqidagi qonunga ko‘ra, Charlzning to‘ng‘ich o‘g‘li, shahzoda Uilyam Buyuk Britaniyaning keyingi qiroli bo‘lishi kerak.
LiveBarchasi