Britaniya Bosh vaziri yashirincha oila qurgani fosh bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 29 may kuni Londonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson va uning qallig‘i Kerri Saymondsning yashirin nikoh marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, marosimda juftlikning 30 nafarga yaqin eng qadrdon insonlari qatnashgan. Ular ham so‘nggi daqiqalarda taklifnoma olgan. 

Nikoh marosimi Vestminster katolik cherkovida o‘tkazilgan. Shu sababdan cherkov deyarli 1,5 soat yopiq bo‘lgan.

Ahamiyatli tomoni Bosh vazir ofisidagilar Boris Jonsonning oila qurayotganidan bexabarligini bildirgan.

Boris Jonson hukumatni boshqarib turganida oila qurgan ikkinchi Bosh vazir bo‘ldi. Birinchisi Robert Jenkinson bo‘lgan.

Ma’lumot uchun 56 yoshli Jonson va 33 yoshli Saymonds o‘tgan yil mart oyida unashtirilganini e’lon qilgandi. Ko‘p o‘tmay ular o‘g‘il farzandli bo‘lishgan. Unga Jonsonni koronavirusdan davolagan shifokor sharafiga Uilfred Louri Nikolas deb ism qo‘yishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing