Britaniya Bashar Asadning rafiqasini qabul qilmaydi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bashar Asadning rafiqasi – Asma Asad mamlakatga qaytishni istasa, uni qabul qilishga tayyor emas. Bu haqda qirollik Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Damashq qulaganidan keyin Asadning turmush o‘rtog‘i Asmani suriyalik va britaniyalik bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatga kiritolmasligini aytgan.

“Asma Asad Britaniya fuqarosi bo‘lishi mumkin, u bizning mamlakatimizga kirishga harakat qilishi ham mumkin, lekin u sanksiyalar ostida va Buyuk Britaniya uchun yoqimli odam emas”, degan vazir.

Shuningdek, Asma Asadning Britaniya fuqaroligi bekor qilinishi mumkinligi ham ta’kidlangan. Biroq Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Asad rejimi qulaganidan ko‘p o‘tmay, Asmaning Britaniya fuqaroligidan mahrum etilishi haqida gapirishga hali erta ekanligini aytgan. 

"Qaror qabul qilish uchun hali juda erta", degan Starmer.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Damashqdan qochib, Rossiyadan qo‘nim topgan Bashar Asad rafiqasi Asma eri bilan ajrashib, Londonga ketmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing