Britaniya armiyasining o‘nlab qurollari yo‘qoldi – “Telegraph”
Olam
−
31 mart 2024 10261 2 daqiqa
Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari o‘nlab qurol-aslahalarini, jumladan pulemyotlar, miltiqlar, shuningdek, minglab patronlarni yo‘qotdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “The Telegraph” gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, qurollar yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan. Yo‘qotilgan qurollar orasida ikkita umumiy maqsadli pulemyot (GPMG) ham bor. Ulardan biri dengizda Qirollik dengiz floti kuchlarida yo‘qolgan. Gazetaning ta’kidlashicha, bitta "deaktivatsiya qilingan Rossiya raketa tashuvchisi", sakkiztagacha SA-80 miltiqlari va bir nechta Glock to‘pponchalari ham g‘oyib bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 2018 yildan beri Britaniya bazalarida umuman 30 ga yaqin qurollar yo‘qolgan. Qurollarning g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq barcha holatlar harbiy politsiya tomonidan tekshiriladi, ammo hozircha mutaxassislar hech nimani aniqlay olmadi.
Bundan tashqari, so‘nggi to‘rt yil ichida Britaniya Qurolli kuchlari 1,8 mingtaga yaqin raqamli uskunani: kamida 1,4 ming noutbuk, yuzta kompyuter va 300 tagacha USB diskini yo‘qotgan. Bu qurilmalarda maxfiy ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Britaniya Mudofaa vazirligi jurnalistlarni xavfsizlik masalalariga "juda jiddiy" yondashishiga va "yo‘qotish va o‘g‘rilikning oldini olish uchun tartiblar mavjud"ligiga ishontirdi.
"Qurilmalardagi shifrlash har qanday ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlaydi va bizning tarmog‘imizga kirishni oldini oladi", deya qo‘shimcha qiladi nashrning vazirlikdagi manbasi.
Live
Barchasi