Britaniya armiyasi uchun yangi jangovar mashina ishlab chiqilmoqda

Olam

image

Babcock International Group va Supacat kompaniyalari Britaniya armiyasi uchun Jackal 3 jangovar avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “Army Recognition” portali ma’lum qildi.

Babcock International Group Bosh direktori Devid Lokvudning aytishicha, Jackal 3 mashinalari Buyuk Britaniyada xavfsizlikni saqlashga yordam beradi.

"Global noaniqlik davrida, Jackal 3’ning Britaniya armiyasiga topshirilishi mamnuniyat bilan qabul qilinishi kerak", deydi u.

Supacat Bosh direktori Nik Eyms esa yangi jangovar avtomobil 25 yillik xususiy va 45 yillik korporativ rivojlanish natijasidir.

“Guruhimiz ularni qisqa muddatda yetkazib berish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha Mudofaa vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qildi. Biz Britaniya harbiylarini yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashda davom etamiz. Uskunalarni ishlab chiqarishni 2024 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan”, deydi Bosh direktor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya va Fransiya 12 yildan beri ishlab chiqilayotgan kemaga qarshi yangi raketani 2030 yilgacha foydalanishga topshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya mashina Jackal 3 jangovar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing