Britaniya va Fransiya yangicha raketa ishlab chiqmoqda

Olam

image

Buyuk Britaniya va Fransiya 12 yildan beri ishlab chiqilayotgan kemaga qarshi yangi raketani 2030 yilgacha foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda aytildi.

Qayd etilishicha, gap Future Cruise/Anti-Ship Weapon (FC/ASW) kruiz kemaga qarshi raketa loyihasi haqida bormoqda. Kemalar va qiruvchi samolyotlar uchun yangi boshqariladigan qurol Exocet va Harpoon kemaga qarshi raketalarini, shuningdek, Fransiyada SCALP nomi bilan tanilgan Storm Shadow aviatsiya qanotli raketalarini almashtirish uchun mo‘ljallangan. Hozirda ularning barchasi har ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari tomonidan ishlatilmoqda. Yangi raketalarni ishlab chiqarish MBDA xalqaro konsorsiumi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

“Fransiya va Buyuk Britaniya qurol ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha eng yangi integratsiyalashgan qurol tizimlarini yaratish uchun asosiy loyihalarni ilgari suradi. Ular bo‘shliqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun FC/ASW dasturini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish majburiyatini oladi. Xususan, ular 2030 yilda yangi qanotli raketalarning kelishini ta’minlashga va’da beradi”, deyiladi hujjatda.

Ma’lumot uchun, yangi raketa loyihasi birinchi marta 2011 yilda Le Burje aviasalonida Perseus nomi bilan taqdim etilgan. 2021 yilda loyihaning tadqiqot bosqichi yakunlangan. Mazkur bosqichda MBDA mutaxassislari ikkita bir-birini to‘ldiruvchi raketalar konsepsiyasini ishlab chiqqan. Ulardan biri past profilli subsonik uzoq masofali raketa bo‘lsa, ikkinchisi tovush tezligida parvoz qila oladigan yuqori manyovrli raketa bo‘lgan. 2022 yilning mart oyida tomonlar dasturning uch yillik tayyorgarlik bosqichi uchun mablag‘ ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya raketa Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing