Britaniya 47 yil oldin buzilgan shartnoma uchun Eronga tovon to‘laydi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Eron va Buyuk Britaniya 1979 yilda yetkazib berilmagan tanklar uchun Tehronga 400 million funt sterling (535 million dollar) qarzni to‘lash bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bog‘eri Koni ma’lum qildi. 

“Qarzni qaytarishning asosiy masalasi va uning darajasi kelishib olindi, biroq to‘lov usuli va jarayoni masalasi haligacha hal etilmagan”, degan Yevropa bo‘ylab safari chog‘ida eronlik diplomat.

Ma’lumot o‘rnida, 2012 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Sudi Buyuk Britaniyani 1974 yilda International Military Services (IMS) va Eron o‘rtasida Angliya tomonidan to‘xtatilgan shartnoma uchun Eronga tovon to‘lashga chaqirdi. Bu kelishuvga ko‘ra, kompaniya Eronga 1000 donadan ortiq Britaniya tanklarini yetkazib berishga majbur bo‘lgan, biroq 1979 yilda Eronda ro‘y bergan inqilob va hokimiyat o‘zgarishi sababli London shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortgan. Tehron haligacha tovon ololmagan. Britaniya rasmiylari Eron Mudofaa vazirligi sanksiyalar ostida qolgani uchun qarzni to‘lay olmayotganliklarini da’vo qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Britaniya

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing