Britaniya Hukumati cho‘kyapti. Ikki vazir jinsiy “skandal” ortidan iste’foga chiqdi

Olam

image

Oxirgi bir sutkada Buyuk Britaniya Hukumatidagi ikki vazir Rishi Sunak, Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid, shuningdek Ta’lim vaziri o‘rinbosari Uill Kvins hamda Angliya va Uels Bosh prokurori o‘rinbosari Aleks Chak Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq bir qator mojarolar fonida iste’foga chiqdi. Bu haqda xalqaro nashrlar bong urmoqda. 

Jovid va Sunak axloqiy sabablarga ko‘ra hukumat a’zosi bo‘lishda davom etishning iloji yo‘qligiga ishora qilgan. 

"Ushbu rolni o‘ynash katta sharaf edi, lekin men endi vijdon bilan [bu postda] davom eta olmaganimdan afsusdaman", deydi Jovid Twitter sahifasida.  

Uning qayd etishicha, odamlar hukumatni to‘g‘ri, malakali va jiddiy boshqarishni kutishga haqli. 

“Men yuqori standartlar uchun kurashishga arziydi, deb hisoblayman, shuning uchun men iste’foga chiqyapman”, deb so‘zlariga yakun yasagan Jovid. 

Shuningdek, Jovid Hukumat rahbari bilan bog‘liq navbatdagi janjal fonida Bosh vazir Boris Jonsonni iste’foga chiqishga chaqirdi. 

"Hukumat hamkasblar har kuni ertalab [ommaviy axborot vositalariga] chiqib, o‘zlari baham ko‘rmaydigan yoki qo‘llab-quvvatlamagan pozitsiyalarini himoya qilishlari adolatdan emas. Bu Konservativ partiya a’zolari va o‘zlari qo‘llab-quvvatlagan partiyadan yaxshiroq standartlarni [xulq-atvor] kutishga haqli saylovchilarga nisbatan adolatsizlikdir. Muammo yuqoridan boshlanadi degan xulosaga keldim. Va menimcha, ular o‘zgarmaydi”, deydi Jovid.

Ta’lim vaziri o‘rinbosari Uill Kvins esa o‘zining iste’foga chiqayotganiga quyidagicha aniqlik kiritgan: 

“Dushanba kuni ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan bir qator bayonotlarimdan so‘ng, bugun ertalab Bosh vazirga iste’foga chiqish haqidagi arizamni katta qayg‘u va afsus bilan bildirdim. Mening o‘rnimga kim ega bo‘lsa, bu davlatdagi eng yaxshi ish bo‘lishini tilayman”.

Angliya va Uels Bosh prokurori o‘rinbosari – Bosh advokat Aleks Chak esa lavozimi bilan xayrlasharkan, shunday dedi: 

“Bosh advokat lavozimidan iste’foga chiqqanimdan juda afsusdaman. Hukumatda bo‘lish, agar u keng milliy manfaatlarga xizmat qilsa, qiyin va hatto mashhur bo‘lmagan siyosiy pozitsiyalarni himoya qilish burchini qabul qilishni anglatadi. Lekin oqlab bo‘lmaydigan narsani himoya qilish mumkin emas”. 

Yuqoridagilardan tashqari, kecha Konservativ partiya raisi o‘rinbosari Bim Afolami, Bosh vazirning Marokash va Tunis bo‘yicha savdo vakili Endryu Morrison va turli vazirliklarning beshta parlament kotiblari ham lavozimdan ketishlarini e’lon qilishdi. Bugun ertalab Transport vazirligining parlament kotibi Laura Trott iste’foga chiqdi.

Pincher da’vosi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hukumatning qulashi ortida Buyuk Britaniyadagi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq siyosiy ziddiyat turibdi. Voqea o‘zini noo‘rin tutgani aytilayotgan Tory raisining sobiq o‘rinbosari Kris Pincher va Pincherni lavozimga tayinlaganida uning avvalgi o‘xshash xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lgani aytilgan Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq.

Gap shundaki, Kris Pincher Olimpiya o‘yinlarida eshkak eshuvchi va konservativ nomzod Aleks Stori tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan

Avvaliga Jonson Pincher 2019 yilda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha tergovga tortilganidan bexabar bo‘lganini aytgan. Kecha, 5 iyul kuni ma’lum bo‘lishicha, Bosh vazir bundan xabardor bo‘lgan, ammo baribir bu lavozimga Pincherni tayinlagan. 

Keyinchalik Jonson Pincherning lavozimiga tayinlangani uchun uzr so‘radi va Hukumatda o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlarga o‘rin yo‘qligini aytdi.

Pincher 2022 yil 30 iyun kuni Londonning Sent-Jeyms shahridagi klubda kechasi qattiq mast bo‘lib, “o‘zini va boshqalarni sharmanda qilganini” tan olib, Hukumat rahbari o‘rinbosari lavozimidan iste’foga chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Boris Jonson Kris Pincher

Baholaganlar

577

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing